» » Shavkat Mirziyoyev: Bekoboddagi metallurgiya kombinatini chet elga sotganimiz yo‘q! (video)

Shavkat Mirziyoyev: Bekoboddagi metallurgiya kombinatini chet elga sotganimiz yo‘q! (video)


Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” boshqaruvi chet ellik hamkorlarga topshirilganini ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, chet el boshqaruvi bilan birgalikda kombinatdagi ishlab chiqarish hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Bu esa shaharda yangi ish o‘rinlarini yaratish, infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga imkon beradi.

Bekoboddagi “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” ikki bosqichda ta’mirdan chiqariladi. Kombinat chet el boshqaruviga berganmiz. Chet el boshqaruvi degani biz uni sotganimizin anglatmaydi — kombinatning barcha mulki davlatning qo‘lida. Biz kombinatga tashqi boshqaruv oldik, aql oldik, bilim oldik.

Bir yarim yil ichida yangi rahbariyat bilan birga mahsulotlar sifatini ham oshirmoqchimiz, mahsulot miqdorini ham 1,5 million tonnaga chiqarmoqchimiz. Buning uchun 100 million yevro sarflanadi — 50 millioniga uskuna olib kelinadi, 50 millioniga esa zarur infratuzilma qilinadi. Uch yil ichida ishlab chiqarish hajmini 2,5 million tonnaga ko‘paytirmoqchimiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют