» » “Daryo”dan eksklyuziv: Ingliz tilini o‘rganmoqchimisiz? Unda darhol bizning safimizga qo‘shiling!

“Daryo”dan eksklyuziv: Ingliz tilini o‘rganmoqchimisiz? Unda darhol bizning safimizga qo‘shiling!


“Daryo” o‘z o‘quvchilarini quvontirish yo‘lida doimo harakatda. Xabaringiz bor, 1-avgust kirish imtihonlariga qadar saytimizda ona tili va adabiyot fanidan abituriyentlar uchun testlar berib borildi. Testlarning berib borilganligi ko‘pchilik abituriyentlarga xush yoqdi. Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Nima qilsam ekan, ingliz tilini qanday o‘rgansam ekan deb o‘ylanib turgan o‘quvchilarga ajoyib bepul imkoniyatni taqdim etamiz. Ingliz tili — jahonda tan olingan 6 xalqaro tilning bittasi. Ingliz tilini bilish (umuman, har qanday chet tilini o‘rganish) insonni ilmning bitmas-tuganmas xazinalari tomon chorlaydi. Shu boisdan, “Daryo” o‘z o‘quvchilariga birgalikda ingliz tilini o‘rganishni taklif etadi. Demak, biz siz bilan birgalikda ingliz tilini o‘rganishga kirishamiz. Buning uchun ishni dastlab ingliz tilidagi lug‘at boyligimizni boyitishdan boshlaymiz. “Daryo” har kuni ingliz tilida muloqot uchun zarur bo‘lgan, eng faol qo‘llaniladigan inglizcha so‘zlarni o‘zbekcha tarjimasi bilan sizga havola etib boradi. Beriladigan so‘zlar turli mashqlar va testlar yordamida mustahkamlanadi.

 

Mashqning yuklanishini biroz kuting!

“Daryo” bilan birga bo‘ling!

 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-08-2017, 01:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют