» » O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Pekindagi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga Akmal Ibrohimov saylandi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Pekindagi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga Akmal Ibrohimov saylandi


Xitoydagi O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Xitoyda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.

Suhbatda Qahramon Quronboyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi, O‘zbekistonning Pekindagi elchisi Baxtiyor Saidov hamda ko‘p sonli o‘zbekistonlik yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida Xitoydagi 2700 nafardan ortiq yoshlarning manfaatlarini himoya qilish, qolaversa, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatiga oid yangiliklar bilan o‘zbekistonlik yoshlarni boxabar qilish maqsadida “Axborot yetkazish markazi” tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi. Shundan so‘ng, bir ovoz bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Pekindagi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchiligiga Akmal Ibrohimov saylandi. Boshlang‘ich tashkilot yetakchisining AKT va axborotni jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha o‘rinbosari sifatida esa Ozoda Aminova faoliyat yuritadigan bo‘ldi.

Bu xorijda ochilgan birinchi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Boshlang‘ich tashkiloti, deyiladi xabarda. Keyinchalik barcha xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan va ishlayotgan O‘zbekiston yoshlarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida yana ko‘pgina rivojlangan davlatlarda ham boshlang‘ich tashkilotlari tuzilishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют