» » Toshkent fransuz alyansi CECR standartining A1 boshlang‘ich darajasidan C1 mukammal darajasigacha sessiyalarini uyushtiradi

Toshkent fransuz alyansi CECR standartining A1 boshlang‘ich darajasidan C1 mukammal darajasigacha sessiyalarini uyushtiradi


Toshkent fransuz alyansi (TFA) fransuz tili darslarini bolalar, o‘smirlar va kattalar uchun CECR standartining A1 boshlang‘ich darajasidan C1 mukammal darajasigacha sessiyalarini uyushtiradi. Ushbu markaz siz uchun ertalabki, kunduzgi va kechki vaqtlarda, hamda yakshanba kunlari darslar taklif etadi.

Imtihonlar

Toshkent fransuz alyansi DELF (Fransuz tili o‘quv diplomi), DALF (Fransuz tili chuqurlashtirilgan diplomi), 13—17 yoshli o‘quvchilar uchun DELF Junior va 8—12 yoshli o‘quvchilar uchun DELF Prim imtihonlariga tayyorlaydi. Fransiyada o‘qishni davom etirishni istaganlar uchun Campus France o‘z maslahatlari bilan yordam ko‘rsatadi.

Yakka tartibdagi  darslar

Biz sizlar uchun yil davomida sizning maxsus talabalaringizga moslashtirilgan, ish qobilyatingiz darajasiga to‘g‘ri keladigan yakka tartibdagi hamda mini-guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini beradigan darslar taklif qilamiz.

Faoliyatning turli sohalariga mo‘ljalangan darslar

Ushbu darslar sizga o‘z sohangizdagi faoliyatingizda muvaffaqiyat qozonishiga imkon beradi. Toshkent fransuz alyansi muassasalar va ularning xodimlari (rahbariyat, xizmatchilar) talablariga binoan fransuz tilining  barcha darajalaridagi professional muloqot turlarini taklif etadi. Darslar korxona binosida yoki TFA binosida uyushtiriladi. Bugungi kunda alyansda tarjimonlar, tadbirkorlar va turizm sohasida ishlayotganlar uchun darslar mavjud.

Chet el fuqorolari uchun O‘zbek tili darslari

Toshkent fransuz alyansi O‘zbekistonda faoliyat korsatyotgan chet el fuqorolariga  madaniy tajriba orttirishni xohlovchilari uchun o‘zbek tili darslarini tavsiya qiladi. Darslar fransuz tilining yuqori malakali o‘qituvchilari tomonidan zamonaviy kommunikativ texnika va texnologiyalar yordamida olib boriladi.

Toshkent fransuz alyansi Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida  qiziqarli madaniy tadbirlar, Fransiyaning mashhur san’at arboblari va diplomatlari bilan tanishishlar, klublar, ko‘rgazmalar tashkil etadi. Shuningdek, fransuz alyansi eng yirik mediatekaga ega: 8 mingdan ortiq kitoblar, jurnallar, CD va DVD-disklar fondi. Bir yil mobaynida AFTda 1500 dan ortiq talabalar tahsil oladilar. Siz ham dunyoning fransuz tilida gaplashadigan ziyolilariga yaqinroq bo‘ling.

Kuzgi sessiyaga qabul 4-sentyabrdan 23-sentyabrgacha amal qiladi.

Mashg‘ulotlarning boshlanish sanasi: 2.10.17.

Batafsil ma’lumot quyidagi telefon raqamlari orqali, soat 14:00 dan 19:00 gacha: 

(+998 71) 244-94-08; (+998 71) 244-94-09

Manzil: Zulfiya Xonim ko‘chasi, 112 (“Labzak” bekati).

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-08-2017, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют