» » Buxoroda opa-singil “kissavurlar” qo‘lga olindi

Buxoroda opa-singil “kissavurlar” qo‘lga olindi


Buxoro shahar IIBga navoiylik S.Hamroyeva ariza orqali murojaat qilib, Buxoro shahri Markaziy bozoridagi 265-sonli savdo do‘koni oldida ichida pullari bo‘lgan sumkasini o‘g‘irlab ketishgani haqida ma’lum qilgan, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Ayolning sumkasida 800 AQSh dollari, 600 ming so‘m naqd pul, bank plastik kartochkasi va turmush o‘rtog‘i Komiljon Qorayev tegishli hisobida 40 ming so‘m bo‘lgan plastik kartochka, fuqarolik pasporti, jami bahosi 200 ming so‘mlik 2 dona ayollar kumush uzugi, bahosi 150 ming so‘mlik bir juft ayollar kumush sirg‘asi, bahosi 100 ming so‘mlik bir dona ayollar kumush zanjiri hamda 50 ming so‘mlik ayollar hamyoni bo‘lgan.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, Buxoro shahrida yashovchi opa-singillar Gulnoz, Dilbar va Dilrabo Rajabovalar Buxoro shahridagi Markaziy bozorda navbatdagi “kissavurlik” jinoyatini amalga oshirishlari paytida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi. Hozirda ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют