» » A seriya. Milan klublarining qaytishi. Messi vatandoshlaridan Ikardi va Dibalada 4 tadan gol

A seriya. Milan klublarining qaytishi. Messi vatandoshlaridan Ikardi va Dibalada 4 tadan gol


Milan klublarining katta sahnaga qaytishi futbol bo‘yicha Italiya A seriyasiga bo‘lgan qiziqishni oshirdi, deyish mumkin. 2-turdan so‘ng biryo‘la besh klub 6 tadan ochko jamg‘arib, chempionlik uchun da’vogar ekanini ko‘rsatgandek bo‘ldi.

Mamlakatning amaldagi chempioni “Yuventus” mazkur turda irodali g‘alabaga erishdi. Bellashuvda argentinalik hujumchi Paulo Dibala xet-trik qayd etdi. Endilikda uning mavsumdagi gollari soni 4 ta.

Boshqa bir argentinalik Mauro Ikardi ham 4 ta gol urib ulgurdi. Ketma-ket ikki turda dubl qayd etgan hujumchi, “Inter”ning muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shdi. So‘nggi ikki yilini Rimning “Roma” klubida o‘tkazgan murabbiy Luchanno Spaletti “Inter” bilan Rimga tashrif buyurib, sobiq jamoasini indamaygina jazolab ketdi.

Montella boshqaruvidagi “Milan” va Mauritsio Sarrining “Napoli”sida, shuningdek, kutilmaganda “Sampdoriya”da 100 foizlik natija ko‘rsatilmoqda.

Italiya A seriyasi
2-tur o‘yinlari
26-avgust, shanba

Gollar: Miralem Pyanich, 1-avt (1:0). Andrey Galabinov, 7-pen (2:0). Paulo Dibala, 14 (2:1). Paulo Dibala, 45+4-pen (2:2). Xuan Kuadrado, 62 (2:3). Paulo Dibala, 90+2 (2:4).

Gollar: Edin Jeko, 15 (1:0). Mauro Ikardi, 67 (1:1). Mauro Ikardi, 77 (1:2). Matias Vecino, 87 (1:3).

Gollar: Brayan Kristante, 16 (0:1). Pyotr Zelinski, 56 (1:1). Dris Mertens, 61 (2:1). Marko Rog, 87 (3:1).

Gollar: Patrik Kutrone, 10 (1:0). Joao Pedro, 56 (1:1). Suso, 70 (2:1).

Gollar: Janluka Kaprari, 32 (0:1). Fabio Kvalyarella, 35-pen (0:2). Milan Badel, 50 (1:2).

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют