» » Pokiston bosh vaziri: Trampning Afg‘onistondagi yangi strategiyasi ish bermaydi

Pokiston bosh vaziri: Trampning Afg‘onistondagi yangi strategiyasi ish bermaydi


AQSh prezidenti Donald Trampning Afg‘onistondagi yangi strategiyasi ish bermaydi. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shohid Abbosiy ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

“Boshidan, birinchi kundanoq AQShning Afg‘onistondagi harbiy strategiyasi ish bermagani va keyinchalik ham bunday bo‘lmasligini aniq-tiniq bildirib kelganmiz. Qo‘shma Shtatlar vaziyatni siyosiy yo‘llar bilan izga solishi lozim”, — ta’kidladi Abbosiy.

Bloomberg ekspertlari Pokiston bosh vaziri ma’muriyatining bunday yondoshuvi Trampning mintaqadagi rejalari amalga oshishini qiyinlashtirishini bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tramp Pokistonni terrorchilarga boshpana berishda ayblagandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют