» » Xonanda Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi

Xonanda Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni 1 millionga yetdi


Xonanda Lolaning Instagram’dagi kuzatuvchilari soni bir millionga yetdi, deb xabar berdi “Darakchi.uz”.

Shu munosabat bilan xonanda muxlislariga murojaat qildi, ularga minnatdorchilik bildirdi hamda shaxsiy hayotidagi o‘zgarishlarni ham ma’lum qildi:

1 million. Qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat sizlarga, do‘stlar! Har doim mening yonimda bo‘lgan, menga ishongan va meni kutadigan barcha muxlislarimga rahmat! Men buni juda qadrlayman! Siz yangi konsertim bo‘lishi yoki bo‘lmasligi, yangi qo‘shiqlar va filmlarni qachon taqdim etishim haqida ko‘p so‘raysiz…

Hozir hayotimda shunday davr boshlandiki, hammasiga ulgurish uchun yugurish, shoshishni istamayman, endi hayotda sinib qolmaslik uchun kuchli bo‘lishim talab etilmaydi. Bu davrda men shunchaki yashashni istayman va buni qila olaman… Ertalabki yomg‘irdan so‘ng sayr qilish va qushlarning sayrashiga quloq tutish… Farzandlarim bilan tushlik paytigacha o‘rinda yotish va hech qayerga shoshilmaslik, yaqinlarimni xursand qilish uchun soatlab oshxonada qolib ketish, so‘ng oilam bilan kechki taom ustida sevimli oq vinoni ichish va yangi kitobni muhokama qilish…

Kechasi esa kuchli yelkalarga bosh qo‘yib uxlab, o‘zimni sevimli va rosmana baxtli his etish… Bu daqiqalar bebaho! Mana shu daqiqalar hayot degani! Va u ajoyib!

Lola, xonanada.

Lola ayni damda sevgan insoni va farzandlari bilan Moskvada yashamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-08-2017, 14:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют