» » Non ichiga sigaret yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi (foto)

Non ichiga sigaret yashirib olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi (foto)


Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istanbulga parvozi oldidan Sh.Mamatsoyeva va A.Umarovning bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilishga urinib, 2 turdagi tamaki mahsulotlarini nonlar orasiga bekitgani fosh bo‘ldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Shu tariqa, bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmasdan turib hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etmasdan Sh.Mamatsoyeva 560 quti, A.Umarov esa 500 quti tamaki mahsulotlarini yashirincha olib chiqishga uringan paytida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, uddaburonlar sigaretlarni karton qutilardagi pechenelar orasiga hamda poyabzallar ichiga ham yashirgan.

Bundan tashqari, “Toshkent—Istanbul” reysi bo‘yicha parvozi oldidan fuqarolar I.Qo‘ldosheva va X.Manonovalar ham tamaki mahsulotlarini bojxona nazoratidan chetlab, olib chiqmoqchi bo‘lishganda to‘xtatib qolindi.

Bojxona xodimlarini chalg‘itishga uringan I.Qo‘ldosheva 700 quti, X.Manonova esa 880 quti tamaki mahsulotlarini quruq choy qadoqlari ichiga bekitishgan.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida aniqlangan 100 ga yaqin bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati salkam 200 million so‘mlik 39,8 ming quti tamaki mahsulotlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 14:47)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют