» » Iosif Kobzon Ukrainaning sobiq prezidenti unga qo‘shni yashashini bildirib qo‘ydi

Iosif Kobzon Ukrainaning sobiq prezidenti unga qo‘shni yashashini bildirib qo‘ydi


Ukrainalik jurnalistlar mamlakatning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich istiqomat qilayotgani taxmin etilayotgan Moskva viloyatidagi uy fotosini e’lon qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Balandligi kamida 4 metr bo‘lgan devor ortidan deyarli hech narsani ko‘rishning imkoni yo‘q. Faqat mansard qavati (qo‘riqchilar uyi yoki garaj) derazalari ko‘zga tashlanib turibdi. Ular xavfsizlikni ta’minlash maqsadida shaffof o‘q o‘tmaydigan to‘siq bilan himoyalangan. Kichik peshlavha uy Rossiya IIVning ‘Qo‘riqlash’ davlat korxonasi nazoratida ekanligidan ogohlantirib turibdi. Internet ishlamaydi”, — deya hikoya qiladi “Strana” nashri.

Oldinroq Rossiya Davlat dumasi deputati Iosif Kobzon Ukrainaning sobiq prezidenti unga qo‘shni — Moskva viloyati, Odinsovo tumani, Bakovka posyolkasida yashashini bildirib qo‘ygandi. Jurnalistlar shundan so‘ng darrov Kobzonning dachasi joylashgan “Lesnaya” ko‘chasini topdi va Yanukovichning ehtimoliy manzilini aniqladi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют