» » Texasda Otis laqabli it “Xarvi” dovulidan so‘ng yemishini olib, uyini tark etdi 

Texasda Otis laqabli it “Xarvi” dovulidan so‘ng yemishini olib, uyini tark etdi 


“Xarvi” dovulidan so‘ng Texasning Sinton shahri ko‘chalari bo‘ylab yem paketini tishlagancha aylanib yurgan it fotosi tarmoqda ommalashdi. Uni shaharda istiqomat qiluvchi Tile Dokens Facebook’da joylashtirdi.

“Itning egasi topildi. U daydi emas, ko‘chaga chiqib ketgan, xolos. Uni Otis deb atashadi”, — deya yozuv qoldirdi Tile Dokens.

Chouston Chronicle nashriga ko‘ra, jonivor 65 yoshli Salvador Segoviyaning nabirasiga tegishli. 5 yoshli bola shaharni toshqin sababli tark etdi, it esa qoldi. Otis 25-avgust, juma kuni kechki payt uydan qochib ketadi, ertasiga ertalab esa keksa erkak eshik oldida saqlangan yemish paketlaridan biri yo‘qolganini payqadi.

Qo‘shnilar unga paketni tishlab olgan itni ko‘chada ko‘rishganini aytadi. Otis topilgani va uyiga qaytarilgani bildirilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют