» » Navoiy shahridagi bog‘chada bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi ishdan haydaldi

Navoiy shahridagi bog‘chada bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi ishdan haydaldi


Navoiy shahridagi 4-maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilaridan biri bolalardan biriga qo‘l ko‘targani uchun ishdan haydaldi. Bu haqda Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar berishlaricha, fuqarolardan biri 16-avgust kuni 2 yashar qizini bog‘chadan olish uchun borganida, tarbiyachi uning qiziga qo‘l ko‘tarayotgani ustidan chiqqan.

Ona tarbiyachidan: “Bolani nega urdingiz? U nima uchun yig‘layapti?”, — deb so‘raganida, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimi unga: “Bolangga qarab berayotganim uchun rahmat de, ahmoq!”, — deya javob qaytargan.

Qizaloqning onasi mazkur holat yuzasidan 16-avgustning o‘zidayoq Xalq qabulxonasiga shikoyat bilan murojaat qilgan. 21-avgust kuni esa bog‘chada bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachiga nisbatan chora ko‘rilgani ma’lum bo‘lgan.

“Shahardagi 4-sonli maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaatingiz yuzasidan, shahar Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limining mutaxassislari tomonidan muassasa xodimining faoliyati o‘rganib chiqildi, qilgan xatti-harakatlari uchun qonun doirasida egallab turgan lavozimidan ozod etildi”, — deyiladi bo‘lim axborotida.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachilarning bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuvlar internetda tarqalgan edi. Keyinchalik O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov 2016-yil sentabr oyida bo‘lgan mazkur voqea yuzasidan izoh bergan edi.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют