» » Samarqanddan video: Bolalarni urib, so‘ng ularga muzqaymoq ulashayotgan bog‘cha xodimi

Samarqanddan video: Bolalarni urib, so‘ng ularga muzqaymoq ulashayotgan bog‘cha xodimi


“Daryo” tahririyatiga Samarqand shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachining yordamchisi bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘layotgani aks etgan videoyozuvlar taqdim etildi.

Videoyozuv 25-iyul kuni shahar vokzali yaqinidagi 64-maktabgacha ta’lim muassasasida olingan. Videoda tarbiyachining yordamchisi bolalarga muzqaymoq va tarvuz tarqatish davomida ularga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan.

Videoyozuvni taqdim etgan fuqaroning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, 7-avgust kuni jiyanini bog‘chadan olib ketish uchun borganida, tarbiyachining yordamchisi polda cho‘zilib uxlab yotgan va alkogol ichimlik ta’sirida bo‘lgan.

Fuqaro bir kun o‘tib ushbu holat yuzasidan bog‘cha mudirasiga shikoyat qilgan. Tarbiyachining yordamchisi ham, bog‘cha mudirasi ham fuqaroning shikoyatida keltirilgan da’volarni rad etgan.

“18-avgust kuni jiyanimni boshqa bog‘chaga o‘tkazdik. Bog‘chaga borgisi kelmaydigan bola endi o‘zi xohlab bog‘chaga ketyapti. Eski bog‘chasidagi tarbiyachilarning munosabati yaxshi emasligini shundan ham bilsa bo‘ladi”, — deydi fuqaro.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachilarning bolalarga qo‘l ko‘tarayotgani aks etgan videoyozuvlar internetda tarqalgan edi. Keyinchalik O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov 2016 yil sentyabr oyida bo‘lgan mazkur voqea yuzasidan izoh bergan edi.

Mavzuga doir:Ichki ishlar vaziri Denovdagi bog‘chada va Farg‘onadagi maktabda yuz bergan holatga munosabat bildirdi

Bundan tashqari, 16-avgust kuni Navoiy shahridagi bolalar bog‘chalaridan birining tarbiyachisi bolalarga qo‘l ko‘targani uchun ko‘p o‘tmay ishdan haydalgani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir: Navoiy shahridagi bog‘chada bolalarga qo‘l ko‘targan tarbiyachi ishdan haydaldi

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют