» » O‘z uyingizni shinamroq qilishning 4 usuli

O‘z uyingizni shinamroq qilishning 4 usuli


Uy — bu bizning kundalik muammolardan dam oladigan va kuch yig‘adigan joyimiz hisoblanadi. Shuning uchun uyimizni u yerda o‘zimizni baxtli va xotirjam sezadigan qilishimiz juda muhim.

Derazadan kiradigan quyoshning yorug‘ligi serotonin — baxt gormoni darajasini oshiradi. Bu, tabiiy yorug‘lik depressiya bilan kurashishga va kayfiyatni yaxshilashga yordam beradi demakdir.

To‘q rangli og‘ir pardalardan voz keching va ularni yengil va och ranglilariga almashtiring. Iloji boricha ko‘proq yorug‘lik aks etishi uchun oynalar o‘rnating. Va albatta derazalarni yuvishni unutmang.

Xonaki o‘simliklar tinchlantiradi va diqqatni to‘plashga yordam beradi. Yashil rang esa kayfiyatni ko‘taradi. Shuningdek o‘simliklar kislorod ishlab chiqaradi va havoni tozalaydi.

Ranglar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizning kayfiyatimizga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yotoqxona uchun qizil rang mos kelmaydi. U energiyani oshiradi, shuning uchun yotoqxona uchun yumshoqroq ranglarni tanlash kerak.

Og‘ir ish kunidan keyin jihozlarga to‘lib-toshgan uyga qaytib kelish yoqmaydi. Ko‘z oldingizda narsalar qancha ko‘p bo‘lsa, fikrni bir joyga to‘plash shuncha qiyin bo‘ladi. Shuning uchun biz o‘zimizni g‘amgin va yanada charchagan his qilamiz.

Tokchalardan iloji boricha mumkin bo‘lgan hamma narsalarni yig‘ishtirib oling. Mayda-chuydalarni qutilarga joylashtiring. Agar uyingizda ortiqcha narsalar to‘planib qolgan bo‘lsa, vaqti-vaqti bilan yig‘ishtirib turing.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют