» » Oliy Majlis deputati: “Narxoz”dagi ahvol bundan to‘rt yillar avval ham shunday edi. Test imtihonlari isloh qilinadi

Oliy Majlis deputati: “Narxoz”dagi ahvol bundan to‘rt yillar avval ham shunday edi. Test imtihonlari isloh qilinadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abduqodir Toshqulov O‘zLiDeP partiyasining Facebook’dagi sahifasida uyushtirilgan onlayn muloqot davomida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) kirish test imtihonlarida qayd etilgan shubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirib o‘tdi.

Onlayn muloqotda qatnashgan tomoshabinlardan biri deputatga: “TDIUga kirish test natijalari haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Sizning bu boradagi fikringiz qanday?”, — degan mazmunda savol berdi. Deputat Toshqulovning qayd etishicha, TDIUdagi bu hol ko‘p yillardan beri odamlarning og‘zida edi.

Mavzuga doir: “Narxoz”dagi “tasodiflar”: TDIUdagi kirish imtihonlari bo‘yicha shubhali belgilar topildi

Juda nozik savol. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetidagi kirish testlari yillar mobaynida odamlarning og‘zida edi. U yerdagi adolatsizlik, boshqa-boshqa masalalar muhokama bo‘lardi.

Ming afsus, davlatimiz rahbari tomonidan test imtiholari ustidan nazoratni amalga oshirish bo‘yicha talablar qo‘yilishiga qaramay, hukumat bu masala bo‘yicha katta sa’y-harakatlar qilishiga qaramasdan, o‘zingiz ko‘rdingiz — o‘tish ballidan pastdagi ball 2—2,5 barobar farq qilyapti.

Men o‘zim 20 yil ta’limda ishlaganman. Hozir ham yarim stavkada dars beraman. Lekin ta’limda ishlagan-ishlamaganidan qat’i nazar, bu holat barcha uchun aniq javob. Bu holat bo‘yicha mening fikrim xuddi siznikidek.

Davlatimiz rahbarining bir necha chiqishlarida kuzatdim — test imtihonlari isloh bo‘ladi. Bundan to‘rt yillar avval O‘zLiDeP Siyosiy kengashi yig‘ilishida: “Testni ham isloh qilishimiz kerak, bunda yomon jihat yo‘q. Ba’zi davlatlar inshoni qo‘shyapti, bu masalalarni ham o‘ylash kerak”, deganimizda birozgina e’tiroz bo‘ldi: “Siz hamma davlatni havas qilavermang. Bizda yaxshi”.

O‘shanda ham bu universitetda ahvol mana shunday edi. Shuning uchun, men aminman, keyingi o‘quv yilida barcha xatolarimiz hisobga olinib, umuman qabul jarayoni isloh qilinadi. Ta’limdagi islohotlarimiz endi boshlandi. Bu juda og‘ir jarayon. Bunga vaqt kerak. Xorijiy davlatlar tajribasini haqiqatda o‘rganishimiz kerak.

Abduqodir Toshqulov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-08-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют