» » Ichki ishlar vaziri Toshkent IIBB shaxsiy tarkibining shayligini tekshirdi

Ichki ishlar vaziri Toshkent IIBB shaxsiy tarkibining shayligini tekshirdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov 26-avgust, shanba kuni Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibining bayram kunlari xizmat o‘tashga tayyorligini tekshirdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Tadbirda IIBB boshlig‘i Bahodir Qurbonov, Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov, IIBB shahxsiy tarkibi asosiy xizmatlari xodimlari, shu jumladan, YHXB inspektorlari, profilaktika inspektorlari, tezkor javob qilish maxsus otryadi, qo‘riqlov boshqarmasi, kinologlar va boshqalar qatnashdi.

IIBB boshlig‘i vazirga shaxsiy tarkib xizmat o‘tashning kuchaytirilgan variantiga o‘tkazilganini va qo‘yilgan vazifalarning barchasini bajarishga tayyorligini yetkazdi.

Abdusalom Azizov IIBB shaxsiy tarkibining tayyorgarlik darajasini baholadi. U 1-sentabr kuni nishonlanadigan Mustaqillik kuni va Qurbon hayiti bayramlari, shuningdek, o‘quv yili boshlanishi davrida aholi xavfsizligini ta’minlash uchun xodimlardan ogohlikni yo‘qotmaslikni va bor kuchlarini ishga solishni talab qildi.

So‘ng vazir IIBBning o‘zini ko‘rsata olgan xodimlarini faxriy yorliqlar bilan taqdirladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют