» » JCh—2018. Qurbon hayiti sabab BAA va Saudiya uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi

JCh—2018. Qurbon hayiti sabab BAA va Saudiya uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi


Bugun — 29-avgust kuni JCh—2018 yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan BAA va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘zaro maydonga tushadi.

Saralashning barcha uchrashuvlari FIFA belgilab qo‘ygan 31-avgust sanasida o‘tishi kerak edi. Biroq shu kuni Qurbon hayiti nishonlanadi. Shundan kelib chiqib, Amirlik termasining Saudiya bilan o‘yini ikki kun oldinroqqa surildi.

Tomonlarning Saudiyada kechgan ilk o‘yinida mezbonlar yirik — 3:0 hisobida zafar quchgandi. “Sahro lochinlari” safar uchrashuvini ham o‘z foydasiga hal qilsa, Rossiya mundiali chiptasini deyarli qo‘lga kiritadi.

BAA esa o‘tgan turdagi muvaffaqiyatsizlik sabab termaning bir necha yillik murabbiyi Mahdiy Alini iste’foga chiqargandi. Amirlik termasi hech bo‘lmaganda 3-yo‘llanma uchun umidni saqlab qolishni istasa, bugun faqat va faqat zafar quchishi talab etiladi.

31-avgust kuni peshqadamlardan Yaponiya o‘z maydonida Avstraliyani qabul qilsa, Iroq Tailand bilan o‘yin uchun Bangkokka tashrif buyuradi.

JCh—2018. Saralash
“B” guruhi. 9-tur
29-avgust, seshanba

31-avgust, payshanba
Yaponiya — Avstraliya
Tailand — Iroq

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют