» » OAV: “Xarvi” to‘foni oqibati halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi

OAV: “Xarvi” to‘foni oqibati halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi


AQSh janubi-sharqiy qirg‘oqlariga yopirilgan “Xarvi” to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda The New York Times gazerasi Texas shtati hukumatiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda Xyuston shahriga 760 millimetrdan ortiq yomg‘ir yog‘gan. 8 mingdan ortiq shaharliklar tabiiy ofatdan qochib, boshpanaga berkingan.

“Xarris okrugida suv toshqiniga aloqasi bor deb taxmin qilinayotgan oltita o‘lim holati aniqlandi”, — deya ma’lum qildi okrugning Sud fanlari instituti matbuot kotibi Trisiya Bentli. Shuningdek, u Rokport shahrida bir kishi, La-Markda uch kishi, Montgomeri okrugida yana ikki kishi halok bo‘lganini xabar qildi.

AQSh hukumati hozircha faqatgina ikki kishinning halok bo‘lganini rasman tasdiqladi.

USA Today nashrining mahalliy hukumatga asoslanib xabar berishicha, hozirda 30 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda. 29-avgust kuni AQSh prezidenti Donald Trampning Texasga tashrif buyurilishi kutilmoqda.

“Xarvi” to‘foni so‘nggi 12 yil ichida sodir bo‘lgan eng kuchli to‘fon hisoblanadi. To‘fon markazidagi shamolning tezligi 200—208 kilometr/soatni tashkil etgan. Yetkazilgan zarar 30 milliard dollarga baholanmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют