» » BMT O‘zbekistonning narkotikka qarshi siyosati natijalaridan xabardor qilindi

BMT O‘zbekistonning narkotikka qarshi siyosati natijalaridan xabardor qilindi


BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Bosh Assambleya 71-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida BMTning oltita rasmiy tilida O‘zbekistondagi narkotikka qarshi siyosatning asosiy yo‘nalishlariga va uning 2016-yilda amalga oshirilishiga bag‘ishlangan axborot tarqatildi, deb yozadi UzDaily.

Unda aytilishicha, O‘zbekistonda narkotiklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash doirasida, 2016-yilda 6646 ta jinoyat holatlari aniqlangan. Noqonuniy aylanmadan 3 tonna 542,4 kg narkotik vositalar, shuningdek, 19 277 ta psixotrop modda tabletkalari musodara qilingan.

O‘tgan yili O‘zbekiston hududida narkotiklarning noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq jinoyatlarni amalga oshirgani uchun 110 nafar xorij fuqarolari qo‘lga olingan.

“Qora ko‘knor — 2016” operatsiyasi doirasida 1070 ta noqonuniy tarzda tarkibida narkotiklar bo‘lgan o‘simliklarni o‘stirish holatlari aniqlangan. Jami 4900 kvadrat metrdan ziyod maydondagi ekinlar yo‘q qilingan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют