» » Toshkentdagi “Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi

Toshkentdagi “Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi


28-avgust kuni Shayxontohur tumanidagi “Suzuk ota” jome masjidining birinchi g‘ishti qo‘yildi. Bu haqda Musulmonlar idorasining rasmiy saytiga asoslanib, UZ24 xabar berdi.

Joriy yilning 26-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Suzuk ota” maqbarasi va jome masjidida bo‘lib, mutasaddilarga maqbara va masjidni rekonstruksiya qilish, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

“Ushbu masjid va maqbara ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga, yurtimizda ezgulik nurini ziyoda etishga xizmat qilishi kerak. Bu yerda hunarmandlar markazi va kutubxonasi tashkil etish lozim”, — degan edi davlat rahbari.

Tarixchi olim Asqar Obidovning ma’lumot berishicha, Suzuk otaning ismi Mustafoqul bo‘lib, 1140-yilda tavallud topgan. U Ahmad Yassaviyning qizi Gavhari Hushtojning kenja o‘g‘li bo‘lgan. Bolalik chog‘ida bobosi u kishini erkalab “Mening suzigim (suyukligim), xush keldingiz!”, degani bois shu ism bo‘lib qolgan. Suzuk ota yuzlab shogirdlarga ilm berib, hunarga, halol mehnatga o‘rgatgan. 1217-yilda vafot etgan. 1391-yilda Amir Temur Yassaviyning nabirasi Suzuk ota qabri ustida maqbara va masjid bunyod ettirgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют