» » Bir kechada cho‘p ortidan 20 marta yugurgan kuchuk o‘lib qoldi

Bir kechada cho‘p ortidan 20 marta yugurgan kuchuk o‘lib qoldi


Amerikaning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 42 yoshli Jen Uolsh o‘zining shnautser zotiga mansub ikki yoshli Xans laqabli kuchugi bilan tabiat qo‘ynida o‘ynagan. Ayol kuchukka atrofda joylashgan ko‘lga cho‘p uloqtirgan, kuchuk esa xursand holda uning ortidan yugurgan. Natijada cho‘p ortidan 20 marta yugurgan Xansning ahvoli og‘irlashib, bir soatdan so‘ng u o‘lib qolgan. Bu haqda Metro’ga tayanib, “Vesti.ru” xabar berdi.

Kuchukning o‘limiga tabiat qo‘ynidagi o‘yin sabab bo‘lganini eshitgan Uolsh hayratda qoldi.

“U cho‘pning ortidan yugurishni juda yaxshi ko‘rardi. Xans o‘zining sevimli ishi bilan shug‘ullanib o‘lgani meni biroz bo‘lsada tinchlantiradi”, — deydi ayol.

Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, kuchuk har safar ko‘lga tushganida ma’lum miqdorda suv yutgan, bu esa qonidagi natriy miqdorining kamayishiga olib kelgan. Oqibatda kuchukda giponatriemiya rivojlanib, bosh miya faoliyatining buzilishiga olib kelgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют