» » LG IFA 2017’da kiyimni saqlash texnologiyalari bo‘yicha yangiliklar taqdim etadi

LG IFA 2017’da kiyimni saqlash texnologiyalari bo‘yicha yangiliklar taqdim etadi


LG kir yuvish mashinalari model qatori TWINWash (SM) kengaytirilgan qatori bilan to‘ldirildi.

LG Electronics (LG) kompaniyasi IFA 2017 ko‘rgazmasida kiyim-kechaklarni saqlash bo‘yicha kompleks qarorlarni taqdim etadi, ular orasida yangi ishlanma — TWINWash (SM) kir yuvish mashinasi ham bor. Shuningdek, ko‘rgazmada eng yangi ilg‘or texnologiyalar — yuqori samarali quritish mashinalari va LGStyler bug‘li shkafi taqdim etiladi.

 

TWINWash’ning kengaytirilgan qatori LG kompaniyasining maishiy ishlarni samarali va qulay yechimi borasidagi takliflarini o‘zida mujassamlashtirgan. Yangilangan qator turli hajmdagi modellar bilan taqdim etilgan: 27-dyuymlidan tortib, qulay 24-dyuymliga qadar. Endilikda, iste’molchilar TWINWash ilg‘or kir yuvish mashinasining o‘ziga xos jihatlarini o‘z uy-joylaridagi hajmlarga qaramay baholashlari mumkin. 2015-yilning iyulida omma e’tiboriga havola etilgan LG TWINWash dunyodagi ikkita barabanga ega birinchi kir yuvish mashinasidir. TWINWash seriyasidagi modellar kir yuvishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi, TrueSteam (SM) va TurboWash (SM) innovatsion funksiyalar tufayli deyarli barcha allergenlar va yoqimsiz hidlarni yo‘qotadi, kichik qatlarni tekislaydi, hamda matoni mayinlashtiradi.

 

Energo samaradorlik va qulaylik alohida ahamiyat kasb etuvchi iste’molchilarga LG kompaniyasi kiyim-kechakni quritish mashinalarini ham taklif etadi. Invertorli issiqlik nasosi texnologiyasi bilan jihozlangan quritish mashinasining yangi modeli matoning zarar ko‘rishi ehtimolini kamaytiradi. Bunga sabab — narsalarni quritish jarayonida past harorat ushlab turiladi. Qo‘shimcha EcoMode va TurboMode rejimlari esa ularning foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. EcoMode yuqori samarali rejimi elektr energiyasini tejaydi va shovqinning past darajasi bilan ta’minlaydi, TurboMode rejimi esa kiyimni quritish vaqti davomiyligini qisqartiradi.

 

 

LG Styler bug‘li shkafi kiyimni saqlash jarayonini yakunlaydi. U tozalik va yangilik darajasini saqlash uchun TrueSteam (SM) funksiyasi bilan jihozlangan, u hidlarni yo‘qotadi va kichik qatlarni tekislaydi. Bug‘li shkafda xuddi quritish mashinalaridagi kabi, narsalarni ehtiyotkorlik bilan saqlashni ta’minlash uchun invertorli issiqlik nasosi texnologiyasidan foydalanilgan. Modelning alohida muhim jihati — aylanuvchi kiyimosgichlar bo‘lib, ular kiyimni bug‘lash vaqtida matoni tiklash uchun ehtiyotkorlik bilan qoqadi, Easy Pants Crease funksiyasi esa shimlardagi qatlarning markaziy liniyasini aniqlik bilan tashkil qiladi. Iste’molchilar uchun takrori yo‘q yordamchi bo‘lgan LGStyler’ni matoga zarar yetkazmaydi hamda undan foydalanish muddatini uzaytiradi. Bunda kimyoviy tozalash xizmatlariga ham ortiqcha ehtiyoj paydo bo‘lmaydi.

“Kiyimni saqlash bo‘yicha barcha jarayon boshidan oxiriga qadar LG kompaniyasi tomonidan eng yangi kir yuvish, quritish mashinalari va bug‘li shkafda amalga oshirilgan, ular IFA ko‘rgazmasida taqdim etiladi, — deydi LG Electronics Home Appliance & Air Solutions kompaniyasi prezidenti Song Daxyun (Song Dae-hyun). — TWINWash ilg‘or texnologiyasi bilan jihozlangan turli modeldagi kir yuvish mashinalarining ishlab chiqarilishi bizga keng doiradagi iste’molchilar ehtiyojlariga, ularning hayot tarzi va talablaridan qat’i nazar javob berish imkonini beradi”.

IFA ko‘rgazmasiga tashrif buyuruvchilar Messe Berlin ko‘rgazma markazining 18-raqamli zaliga taklif etiladi. Ular LG’dan kiyimni saqlash bo‘yicha eng yangi kompleks qarorlarni o‘zlari sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют