» » Nukus shahrida Amir Temur nomidagi dam olish bog‘i qayta ochildi (foto)

Nukus shahrida Amir Temur nomidagi dam olish bog‘i qayta ochildi (foto)


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida Amir Temur nomidagi madaniyat va dam olish bog‘i anchadan buyon foydalanilmay yotgan edi. Biroq bu yil mazkur madaniyat bog‘ida qurilish, obodonlashtirish ishlari olib borilib, yangi attraksionlar qurildi, deb xabar berdi “KRuz.uz”.

Mazkur dam olish maskanining ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi Qahramon Sariev, Nukus shahri hokimi vazifasini bajaruvchisi Sabir Nag‘metov va boshqalar so‘zga chiqdi.

Qoraqalpog‘iston xabar agentligining ma’lum qilishicha, Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasi bilan birgalikda madaniyat va dam olish olish bog‘ida 21 ming metr kvadrat maydonga gazon ekilib, suv sepish qurilmalari o‘rnatildi. Shuningdek, ichki yo‘llar ishlanib, o‘rindiqlar bilan taminlandi. 20 dan ortiq attraksion qurildi. Qurilishlarni “Davlatnazor oromgohi” MChJ amalga oshirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют