» » 50 yoshli marafonchi Toshkentdan Samarqandgacha piyoda yo‘l bosib o‘tdi

50 yoshli marafonchi Toshkentdan Samarqandgacha piyoda yo‘l bosib o‘tdi


Samarqandlik 50 yoshli duradgor Shokir Axrorov Samarqanddan Toshkentgacha marafon uyushtirdi. Bir shahardan ikkinchisiga yetib borish uchun marafonchi 5 kun yo‘l bosdi, deb xabar berdi “Kommersant.uz”.

“Mening poygam 22-avgustda Registonda boshlandi, besh kundan so‘ng Toshkentga yetib keldim. Erta tongdan yo‘lga otlanardim, so‘ng kuchim yetgancha Toshkent tomon yugurardim. Kuniga taxminan 65 kilometr yugurishga to‘g‘ri keldi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, tunashga joy tanlashga to‘g‘ri kelmasdi, duch kelgan joyda tunab ketaverardim. Quvonarlisi, hamma joyda odamlar meni ochiq ko‘ngil bilan kutib oldi”, – deb o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi poygachi.

Shokir Axrorovning so‘zlariga ko‘ra, bu uning birinchi tajribasi emas. Avval ham marafonchi o‘z velosipedida Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Termiz shaharlariga “sayr” qilgan.

“Intilish va qiziqishimda meni qo‘llab-quvvatlagan barcha yaqinlarimga minnatdorman va ushbu poygamni Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlayman”, – deydi Shokir Axrorov.

Marafonchining navbatdagi yo‘nalishi Parij. Yo‘nalish rejasi tuzilgan, ishtiyoq yetarli, buyog‘iga faqat velosipedga o‘tirish va yurish qoldi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют