» » Boks. Hasanboy Do‘stmatov hindistonlik raqibini yengib, ilk yarim finalchiga aylandi

Boks. Hasanboy Do‘stmatov hindistonlik raqibini yengib, ilk yarim finalchiga aylandi


Gamburgda o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finaliga o‘zbekistonliklardan birinchi bo‘lib Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov yo‘l oldi.

Uning chorak finaldagi raqibi hindistonlik Amit bo‘lgandi. Xuddi ilk jangida bo‘lgani kabi, Do‘stmatov bu sportchi ustidan ham 5:0 hisobida zafar quchdi va yarim final chiptasiga ega chiqdi.

Oldinda O‘zbekiston termasining yana 8 sportchisini chorak final janglari kutib turibdi.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Amit (Hindiston) — 5:0

O‘zbekiston terma jamoasi bokschilaridan faqatgina Murod Ahmadaliyev JCh bilan xayrlashib bo‘lgan.

Jahon chempionatini O‘zbekiston uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют