» » Mirobod tumani IIB sobiq binosining yaqinidagi yong‘inga gaz ballonini ta’mirlashdagi xatolik sabab bo‘lgan

Mirobod tumani IIB sobiq binosining yaqinidagi yong‘inga gaz ballonini ta’mirlashdagi xatolik sabab bo‘lgan


Toshkent shahri Mirobod tuman IIBning sobiq binosi yonida 2017-yilning 26-avgust kuni kuchli yong‘in yuz bergani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, 2017-yil 26-avgust kuni, soat 12:04 da Toshkent shahar IIBB YoXBning 101 raqamiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, Mirobod tumani “Inoqobod” mahallasi, 8-mart ko‘chasi 57-uyda joylashgan “Kislorod azot trans servis” MChJga qarashli ta’mirlash ustaxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in sodir bo‘lgan joyga 5 ta o‘t o‘chirish bo‘linmasi yuborilgan. Mazkur jamiyatga qarashli ta’mirlash ustaxonasining ichki qismida taxminan 200 kvadrat metrdagi hudud yonayotganligi aniqlangan. Soat 12:25 da yong‘in qurshab olinib, 12:34 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida “Kislorod azot trans servis” MChJga qarashli kislorod va gaz ballonlarini ta’mirlash ustaxonasining ichki qismi hamda jihozlari, qurilish mollari zarar ko‘rgan.

Aniqlanishicha, gaz ballonini ta’mirlash vaqtida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmaganligi oqibatida yong‘in kelib chiqqan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 19:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют