» » Tim Kuk Apple’dan salkam 90 mln dollar mukofot oldi

Tim Kuk Apple’dan salkam 90 mln dollar mukofot oldi


Apple bosh direktori Tim Kuk 560 ming dona aksiya ko‘rinishidagi mukofot oldi. Bu kompaniyada rahbarlar uchun ko‘zda tutilgan mukofotning eng yuqori darajasi, deya xabar beradi TJournal.

Kompaniya Kukning mukofoti haqida e’lon qilganda Apple aksiyalari 159,27 dollar atrofida savdo qilinayotgandi. Shundan kelib chiqib, bosh direktor 89,2 million dollarga ega bo‘lganini taxmin qilish mumkin.

Ma’lumot uchun, Tim Kuk bunday bonuslarni 2011-yilda Apple bosh direktorligini egallaganidan beri olib kelyapti va bu uning to‘rtinchi mukofoti.

U oldinroq mablag‘larining katta qismini xayriya maqsadlariga sarflashini bildirgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют