» » Andijonda jismoniy imkoniyati cheklangan 300 fuqaroga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi

Andijonda jismoniy imkoniyati cheklangan 300 fuqaroga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi


Andijon shahrining Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida jismoniy imkoniyati cheklangan 300 fuqaroga Prezident sovg‘asi — nogironlik aravachasi topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Andijon viloyatida bugungi kunda turli kasalliklar, jarohat va baxtsiz hodisalar oqibatida nogironlik nafaqasiga chiqqan 51 mingga yaqin katta yoshdagi fuqaro, 9 mingga yaqin bola istiqomat qiladi. Ularni ijtimoiy muhofaza qilish, salomatligini mustahkamlash, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda.

Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida 2500 keksa va nogiron turli sihatgohlarda dam olib, salomatligini tikladi. 300 nogiron reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlandi.

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov so‘zga chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-08-2017, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют