» » Boks. Sanjar Tursunov va Iqbol Xoldorov JCh yarim finalida. Isroil Madrimov esa xayrlashdi

Boks. Sanjar Tursunov va Iqbol Xoldorov JCh yarim finalida. Isroil Madrimov esa xayrlashdi


Gamburgdagi Jahon chempionatini o‘zbekistonlik ikkinchi sportchi tark etdi.

Bunga qadar Murod Ahmadaliyev mundial bilan xayrlashgan bo‘lsa, endi uning safiga -75 kilogrammgacha vazn toifasidagi sportchilar musobaqasida jang qilgan Isroil Madrimov qo‘shildi.

Isroil Gamburgdagi ilk jangida katta ustunlikka erishib, raqibini nokautga uchratgandi. Bu safar esa hakamlar amerikalik sportchining g‘alabasini e’tirof etdi. “Olamsport” nashrining yozishicha, bunda ular amerikalik bokschiga yon bosgan. Chunki jang Madrimovning ustunligida o‘tgan.

Toshkentdagi Osiyo chempionatida yarim finalga qadar yetib kela olmagan Sanjar Tursunov esa Jahon chempionatida final ostonasiga yo‘l oldi. U gollandiyalik raqibini taslim qildi.

Jahon chempionatlarida debyut qilayotgan 20 yoshli Iqbol Xoldorov mezbonlardan Artyom Xarutyanyanga imkoniyat qoldirmadi. Jang davomida u germaniyalik bokschini nokdaun holatiga ham tushirgan. Hakamlar umumiy ballarda undan 2 ochko olib tashlagan bo‘lsa-da, qolgan ballari g‘alabasi uchun yetarli bo‘ldi.

-49 kg — Hasanboy Do‘stmatov — Amit (Hindiston) — 5:0
-52 kg — Iqbol Xoldorov — Artyom Xarutyanyan (Germaniya) — 4:1
-75 kg — Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSh) — 2:3
-91 kg — Sanjar Tursunov — Roy Korving (Gollandiya) — 4:1

Jahon chempionatini O‘zbekiston uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 21:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют