» » O‘zbekistonda dronlar qurilishda, kartografiyada va tabiiy ofatlar bilan kurashishda qo‘llanilishi mumkin

O‘zbekistonda dronlar qurilishda, kartografiyada va tabiiy ofatlar bilan kurashishda qo‘llanilishi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida “Iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan. Bu haqda Norma xabar berdi.

Davyergeodezkadastr qo‘mitasi huzurida “Innovatsiya markazi” ilmiy-ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish taklif qilinmoqda. U iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, dronlarni qo‘llagan holda xizmat ko‘rsatish, shuningdek ilmiy-tadqiqot ishlari va ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

“Uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari oldida turgan vazifalarni bajarishni jiddiy osonlashtiradi, yerdan oqilona foydalanmaslikni monitoring qilish, qurilish ishlari, davomli obyektlar (temir yo‘llar, quvuro‘tkazgichlar va h.k.)ni amalga oshirishda va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik imkonini beradi, shaharsozlik ishlari va geoaxborot xaritalarini yaratishni soddalashtiradi”, — deyiladi loyihada.

Qaror kuchga kirgandan keyin (taxminan, 2017-yil 1-oktabrdan) mamlakatga olib kelingan uchuvchisiz uchish apparatlari, mulk huquqidan qat’i nazar, korxonaning vakolatli xodimlari — uchuvchisiz uchish apparatlari operatorlari tomonidan boshqariladi.

Dronlar (davlat aviatsiyasi uchun xarid qilinganlaridan tashqari) manfaatdor tashkilotlar buyurtmalari asosida korxona bilan kelishilgan holda xarid qilinadi.

Loyiha o‘zgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют