» » Boks. 6 o‘zbekistonlik JCh yarim finalida. Bahodir Jalolov va Elnur Abduraimov xayrlashdi

Boks. 6 o‘zbekistonlik JCh yarim finalida. Bahodir Jalolov va Elnur Abduraimov xayrlashdi


Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim finaliga 6 o‘zbekistonlik sportchi yo‘l oldi.

Tungi natijalarga ko‘ra, Elnur Abduraimov hamda Bahodir Jalolov musobaqa bilan xayrlashdi. Bahodir qozog‘istonlik raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Elnur esa gruziliyalik sportchiga qarshi aytarli hech narsa qila olmadi. Bunga qadar Murod Ahmadaliyev va Isroil Madrimrov ham JChdagi ishtirokiga yakun yasagandi.

Qiziq tomoni, o‘zining ilk jangida raqiblarini nokaut qilgan ikki o‘zbekistonlik ikkinchi jangidayoq mag‘lub bo‘ldi: Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov.

O‘zbekiston termasining qolgan 6 bokschisi chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Bunda Rio sovrindorlari hisoblangan Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov yarim final chiptasini katta ustunlik bilan qo‘lga kiritganini ko‘rish mumkin.

Endilikda O‘zbekiston delegatsiyasida kamida 6 ta bronza medali naqd qilingan. Sportchilar ularni oltinga aylantirish imkoniyatini saqlab turibdi. Qatarda o‘tgan so‘nggi Jahon chempionatida O‘zbekiston termasi 3 ta kumush va 3 ta bronza bilan kifoyalangandi. Hozir mana shu ko‘rsatkichni yaxshilash ustida harakat davom etmoqda.

-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov — Amit (Hindiston) — 5:0
-52 kg — Iqbol Xoldorov — Artyom Xarutyanyan (Germaniya) — 4:1
-75 kg — Isroil Madrimov — Troy Isli (AQSh) — 2:3
-91 kg — Sanjar Tursunov — Roy Korving (Gollandiya) — 4:1
-52 kg — Jasur Latipov — Seyber Segura (Kolumbiya) — 4:1
-60 kg — Elnur Abduraimov — Otar Yeranosyan (Gruziya) — 0:5
69 kg — Shahram G‘iyosov — Pat MakKormak (Angliya) — 5:0
-81 kg — Bektemir Meliqo‘ziyev — Yerik Aljanov (Qozog‘iston) — 3:2
+91 kg — Bahodir Jalolov — Kamishbek Konkabayev (Qozog‘iston) — 2:3

Jahon chempionatini O‘zbekiston uchun UzReport telekanali translyatsiya qilmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют