» » BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari qoralangan bayonotni qabul qildi

BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning raketa sinovlari qoralangan bayonotni qabul qildi


KXDR tomonidan 29-avgust kuni raketa uchirilgani qoralangan bayonotni BMT Xavfsizlik kengashi a’zolari qabul qildi, deb yozadi “MK.ru”. Bayonot yopiq maslahatlashuvlar yakunlariga ko‘ra qabul qilindi.

Xavfsizlik kengashi o‘tkazilgan sinovni, shuningdek, 25-avgust kuni ballistik raketalarning katma-ket parvozlarini “qat’iyan qoralaydi”, deyiladi hujjatda.

BMT Xavfsizlik kengashi “Shimoliy Koreya nafaqat mintaqa, balki BMTga a’zo barcha davlatlar uchun xavf tug‘diruvchi bunday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishini talab qiladi”. Shuningdek, KXDRni avvalroq qabul qilingan rezolyutsiyalarni bajarishga chaqirishmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-08-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют