» » Belgiya termasi O‘zbekiston o‘smirlari darvozasiga 4 ta gol urdi

Belgiya termasi O‘zbekiston o‘smirlari darvozasiga 4 ta gol urdi


Dilshod Nuraliyev boshchilik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Polsha mezbonligidagi Syrenka Cup xalqaro turnirida ishtirokini boshladi.

O‘zbekistonlik futbolchilar uning ilk o‘yinida Belgiyaga qarshi saf tortdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Nuraliyev jamoasidan yagona golga zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Jasur Jaloliddinov mualliflik qilgan.

O‘smirlar terma jamoasining navbatdagi raqibi bugun aniq bo‘ladi. Reglamentga ko‘ra, Polsha va Vengriya termalari o‘zaro kurash olib boradi. Mazkur bellashuvda mag‘lub bo‘lgan jamoa O‘zbekiston termasiga raqiblik qiladi.

Syrenka Cup—2017
Ploti, Polsha
29-avgust, seshanba

Gol: Jasur Jaloliddinov

O‘zbekiston: Mo‘minmirzo Qodirov — Xurshid Ubaydullayev, Mironshoh Sattorov, Jasur Abdulbekov, Rustam Azimov, Xojimat Erkinov, Alisher Odilov, Diyor Ramazonov, Shohjahon Sultonmurodov, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xushnud Bozorov.

Zaxira: Shukron Yo‘ldoshev, Doniyor Sobirov, Igor Chikrizov, Temur Mamasiddiqov, Jasur Jaloliddinov, Sunnatillo Hamidjonov, Bekzod Shamsiyev, Javohir Jo‘rayev.

O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati U16 da saralashida ishtirok etish uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda. Saralash o‘yinlari 16-sentabr kuni Saudiya Arabistonida start oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 18) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют