» » Melaniya Tramp Texasga baland poshnali oyoq kiyimda otlangani uchun tanqid ostida qoldi

Melaniya Tramp Texasga baland poshnali oyoq kiyimda otlangani uchun tanqid ostida qoldi


OAVlar AQSh birinchi xonimi Melaniya Trampning eri, AQSh prezidenti Donad Tramp bilan “Xarvi” dovuli natijasida kelib chiqqan suv toshqini ostida qolgan Texasga safari oldidan olingan fotosuratini istehzo bilan qabul qilishdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Suratlarda Melaniya baland poshnali qora tufli kiygan holda aks etgan.

Daily Beast portali baland poshna suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududga borish uchun mos kelish-kelmasligini so‘roq ostiga olgan bo‘lsa, Metro gazetasi Melaniya suv toshqinidan uzoqroq bo‘lish uchun “superbaland” oyoq kiyim kiyganini taxmin qilgan.

The Hollywood Reporter qayd etishicha, manzilga yetib kelgach, birinchi xonim tuflisini oq krossovkaga o‘zgartirgan.

Oq uydagi CNN muxbiri Keyt Bennett esa Melaniyaning bu boradagi izohini e’lon qildi va milliy halokat chog‘ida hammani xavotirga solgan narsa uning tuflisi bo‘lgani qayg‘uli holat ekanligini yozdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют