» » Plastik paket uchun 4 yillik qamoq: Keniyada yangi qonun kuchga kirdi

Plastik paket uchun 4 yillik qamoq: Keniyada yangi qonun kuchga kirdi


Ayni paytda 40 ta davlat plastik paketlar ishlatishni cheklaydi, ammo eng shafqatsiz qonun Keniyada kuchga kirdi, deb yozadi National Geographic.

2011-yilda Keniyada plastik paketlarni ishlab chiqarish va import qilishga cheklovlar kiritilgan edi, ammo shunga qaramay, mamlakat qit’adagi eng yirik polietilen qoplarni ishlab chiqaruvchi bo‘lib qolaverdi. Bunga nuqta qo‘yish maqsadida 2017-yil avgusti oxirida hukumat parchalanmaydigan plastik paketlarni ishlab chiqarish, qo‘llash va import qilishni taqiqlovchi yangi qonunni chiqardi.

Qonunni buzganlar 40 ming dollargacha jarima va 4 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Qonun ishlab chiqaruvchilar uchun ham, alohida shaxslar uchun ham amal qiladi, faqat plastik o‘ramlarni sanoat maqsadlarida yetkazib beruvchi kompaniyalar uchun istisno qilingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют