» » Toshkentda qurilgan yangi uy ipotekasiga propiska qo‘shib beriladi

Toshkentda qurilgan yangi uy ipotekasiga propiska qo‘shib beriladi


O‘zbekiston adliya vaziri buyrug‘i bilan notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Mazkur hujjatga muvofiq, poytaxt va poytaxt viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan shaxslar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida bilan yangi barpo etilgan ko‘chmas mulkni quyidagi shartlar bilan sotib olishi mumkin:

O‘zbekiston fuqarolari, xorij fuqarolari va boshqa viloyatlarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqaroligi yo‘q shaxslar xarid qiladigan ko‘chmas mulk qiymati eng kam ish haqining 2500 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim;

Yashash uchun ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar sotib oladigan ko‘chmas mulk qiymati shartnoma tuzilgan kunga Markaziy bank kursi bo‘yicha 150 ming dollardan kam bo‘lmasligi talab etiladi.

Ikki holatda ham o‘zaro hisob-kitoblar O‘zbekiston milliy valyutasida bank hisob-raqamlari orqali amalga oshiriladi. Yangi qurilgan ko‘chmas mulk deganda foydalanishga topshirilganiga 3 yildan oshmagan binolar tushuniladi.

Kelishuvni notarial tasdiqlash uchun mablag‘ ko‘chmas mulk uchun o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjat yoki uy bank krediti hisobidan xarid qilingan taqdirda, kredit shartnomasi taqdim etiladi.

Yashash uchun ruxsatnoma olgan chet el fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar esa O‘zbekistonning vakolatli banklariga xorijiy valyutada kamida 150 ming dollar sotilgani va bundan olingan mablag‘ sotuvchi hisob raqamiga o‘tkazilganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari, xorij fuqarolari va boshqa viloyatlarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan fuqaroligi yo‘q shaxslarga ko‘chmas mulkni to‘lovni kechiktirgan holda xarid qilish bo‘yicha kelishuvlar tuzishga ruxsat beriladi. Bu kelishuvni rasmiylashtirgan notarius mazkur ko‘chmas mulkni begonalashtirishga taqiq qo‘yadi va u shartnomada ko‘zda tutilgan mablag‘ to‘liq to‘lab berilganidan so‘ng bekor qilinadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют