» » Abdulla Aripov Sapar Isakovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi

Abdulla Aripov Sapar Isakovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston hukumati rahbari Sapar Isakov 30-avgust, chorshanba kuni telefon orqali muloqotda bo‘ldi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Suhbat chog‘ida Abdulla Aripov Sapar Isakovni Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va chegara masalalarida hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi. Kun tartibidagi barcha dolzarb mavzular bo‘yicha o‘zaro manfaatli munosabatlarga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Oldinroq Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi haqidagi farmonni imzolagan edi. Jeenbekov prezident saylovida ishtirok etish uchun bosh vazirlik vakolatini muddatidan ilgari topshirishga qaror qildi.

Qirg‘iziston parlamenti majlisida prezident devoni rahbari bo‘lib ishlab kelgan Sapar Isakov bosh vazir sifatida tasdiqlandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют