» » “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “Narxoz”, O‘zMU va “SAMPI”dan so‘ng navbat Moliya institutiga!

“Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “Narxoz”, O‘zMU va “SAMPI”dan so‘ng navbat Moliya institutiga!


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (xalq orasida “Narxoz” nomi bilan tanilgan), O‘zbekiston Millliy universiteti hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti (“SAMPI”)ning ayrim ta’lim yo‘nalishlarida o‘tkazilgan test imtihonlarida shubhali tasodiflar qayd etilgani haqida avval xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:
— “Narxoz”dagi “tasodiflar”: TDIUdagi kirish imtihonlari bo‘yicha shubhali belgilar topildi
— O‘zMUda ham TDIU kirish imtihonlaridagi kabi shubhali “tasodifiy holat” aniqlandi
— “Shubhali tasodiflar” epidemiyasi: “SAMPI”ga o‘qishga kirgan kamida 40 abituriyent imtihonda yonma-yon o‘tirgan

Bunday shubhali “tasodiflar” mamlakatning boshqa oliygohlarida ham qayd etilmoqda. Jumladan, “Kun.uz” nashrining yozishicha, Toshkent moliya institutining ba’zi ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida “maxsus guruhlar” tashkil etilgani va asosan shu guruhlardagi abituriyentlar o‘qishga kirganini tasdiqlovchi belgilar aniqlangan.

Institutning o‘zbek tilidagi “Baholash ishi” ta’lim yo‘nalishiga 5 ta davlat granti, 35 ta kontrakt asosida jami 40 abituriyent qabul qilinishi belgilangan. To‘lov-shartnoma asosida kirish balli 130,8 ballni tashkil etgan. “Yiqilgan” abituriyentlarning birinchisi 129,8 ball to‘plagan. Ikkinchisi — 96,2 ball, oradagi farq — 33,6 ball.

Ushbu yo‘nalishda o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning javob varaqalari raqamlariga e’tibor qaratilsa:

Begona raqam — 72 74 611 raqamli javoblar varaqasi egasi 20-o‘rinda o‘qishga qabul qilingan.

Rus tilidagi “Sug‘urta ishi” yo‘nalishiga davlat granti asosida 1 kishi, to‘lov-shartnomasi asosida 19 kishi o‘qishga qabul qilingan. O‘qishga kirgan so‘nggi abituriyent va “yiqilgan” birinchi abituriyent ballari orasidagi farq 20,1 ni tashkil etmoqda.

Ushbu yo‘nalishda o‘qishga qabul qilingan 18 nafar abituriyentning javob varaqasi raqamlari quyidagicha:

Javoblar varaqasi raqamlari 75 42 978 va 75 43 020 bo‘lgan qolgan ikki boshqa guruh tarkibida bo‘lgan va, ehtimol, o‘z kuchi bilan kirgan, deb aytish mumkin.

O‘zbek tilidagi “Kasbiy ta’lim: moliya” yo‘nalishida 1 ta davlat granti, 14 ta to‘lov-shartnoma asosida jami 15ta talaba qabul qilinishi belgilangan.

O‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning javob varaqasi raqamlariga e’tibor qilsak, 76 83 648 dan 76 83 662 gacha bo‘lgan ketma ketlikda 15 talaba qabul qilinganiga guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, shu guruhdan tashqaridagilarda mutlaqo imkoniyat qoldirilmagan.

Institutning aksariyat fakultetlarida 2017-yilgi qabul vaqtida konkurslar yuqori — 1 o‘ringa 6 yoki 7 abituriyent kurashganiga qaramay, nomlari zikr etilgan ta’lim yo‘nalishlari konkurs eng kichik bo‘lganlari qatorida (bulardan tashqari, o‘zbek tilidagi “Pensiya ishi” va “Davlat byudjetining g‘azna ijrosi” yo‘nalishlarida ham konkurslar nisbatan past).

“Kun.uz” nashri mazkur o‘rganish natijalarini 28-avgust kuni e’lon qilgan. Toshkent moliya instituti rahbariyati hozircha mazkur holat bo‘yicha biror izoh bermagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют