» » Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017-yil dekabr oyida o‘tkaziladi

Xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017-yil dekabr oyida o‘tkaziladi


“Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-son Qonun “Xalq so‘zi” gazetasida e’lon qilindi, deb xabar berdi Norma.

Hujjatga binoan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov 2017-yil dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu saylov chog‘ida “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati” tizimi tajribadan o‘tkaziladi.

Saylangan deputatlar o‘z vakolatlarini 2019-yilda o‘tkaziladigan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylov natijalari bo‘yicha poytaxt xalq deputatlari tuman Kengashlarining yangi tarkiblari shakllantirilguniga qadar amalga oshiradi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga joriy yilda saylovni tashkil etish va o‘tkazish uchun tuman saylov komissiyalari tuzilishini, saylov okruglarining soni belgilanishini ta’minlash topshirildi.

Markaziy saylov komissiya­si saylovni saylov komis­siyalari tomonidan tashkil etilishi hamda o‘tkazilishi, shuningdek, qabul qilingan Qonunning ijrochilarga yetkazilishi va aholi o‘rtasida mohiyati hamda ahamiyati ­tushuntirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-08-2017, 16:27)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют