» » Bitkoin kurslari yangi rekord qiymatga erishdi

Bitkoin kurslari yangi rekord qiymatga erishdi


Dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta yana bir bor o‘zining yetakchi ekanligini isbotlamoqda: uning narxi birinchi bor 4600 dollardan oshdi, deb xabar berdi “Hi-tech.mail.ru”.

Joriy yilning avgust oyi boshida bitkoin narxi 2700 dollar edi. Kriptovalyutaning “oddiy” bitkoin hamda Bitcoin Cash’ga ajralishi uning narxini ko‘tarilishiga olib keldi. Oy oxiriga borib kriptovalyuta o‘zining rekord ko‘rsatgichiga 4600 dollarga chiqib, 40 foizga ko‘tarildi.

Bitkoin kursi doimiy ravishda o‘zgarib turmoqda va ushbu ma’lumot e’lon qilinganida uning narxi 4550 dollarga tushdi. Biroq 1-avgustdan beri kriptovalyuta narxida keskin pasayish kuzatilmadi — odatda kuniga 5 foizdan kam bo‘lmadi.

Bitkoinning ikkinchi qismi — Bitcoin Cash’ning taqdiri esa ayanchli. Foydalanuvchilarning ko‘p qismi yangi kriptovalyutaga o‘tishni istashmadi va bu uning barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bir hafta oldin uning kursi 900 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda deyarli 580 dollarga teng.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют