» » Taniqli biznesmen Olmaota hayvonot bog‘ining 62 ming yevro miqdoridagi qarzini to‘lab berdi

Taniqli biznesmen Olmaota hayvonot bog‘ining 62 ming yevro miqdoridagi qarzini to‘lab berdi


Qozog‘istonlik biznesmen Qayrat Qudaybergen 62 ming yevro berib, Olmaota hayvonot bog‘ining qarzini to‘ladi. Bu haqda hayvonot bog‘i direktori o‘zining Facebook’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar berdi “Nur.kz”.

“Qayrat Qudaybergen Olmaota hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish uchun bosh rejasini ishlab chiqishda katta hajmdagi ishni amalga oshirgan mashhur nemis arxitektori Piter Razbax oldidagi qarzimizni uzdi.

Bajarilgan ish uchun to‘lov 62 ming yevroni tashkil etar edi. Har kim ham peshona teri bilan topgan pullarini shahrimiz yanada go‘zalroq va yaxshiroq bo‘lishi uchun osonlikcha berib yuboravermaydi.

Endilikda biz konsepsiyani yakunlash va uni amalga oshirishda Razbax bilan hamkorlikni qayta tiklash niyatidamiz! Rahmat Qayrat!”, — deb yozadi hayvonot bog‘i direktori Erkinboyev.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют