» » “Angren” EIZda keramogranit va keramik plitka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

“Angren” EIZda keramogranit va keramik plitka ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi


30-avgust kuni “Angren” erkin iqtisodiy zonasida sirlangan keramogranit va keramik plitka ishlab chiqarish bo‘yicha yangi sanoat kompleksi ishga tushirildi. Bu haqda, Davlat investitsiya qo‘mitasiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Loyiha realizatsiyasi uchun Xitoyning Gulf Cable Trading Company kompaniyasi o‘zbekistonlik hamkorlar bilan birgalikda National Ceramics qo‘shma korxonasiga asos soldi.

Loyihaning umumiy qiymati 21,1 million dollarni tashkil etadi. Shuning 20,9 million dollarlik qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasini tashkil qildi.

Biznes-rejaga ko‘ra, loyihaning yillik quvvati — 2 million kvadrat metr keramogranit va 2,5 million kvadrat metr keramik plitka. Mahsulotning kamida 30 foizi eksport qilinishi rejalashtirilmoqda. Eksport Markaziy Osiyo, MDH davlatlariga amalga oshiriladi.

Korxonada Italiyaning Sacmi kompaniyasiga tegishli energiya tejash texnologik qatori o‘rnatilgan. 80 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (30-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют