» » AQSh koalitsiyasi Rossiya Suriyada IShIDga qarshi kurashmayotganini bildirdi

AQSh koalitsiyasi Rossiya Suriyada IShIDga qarshi kurashmayotganini bildirdi


AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Rossiya kuchlari Suriya hududida IShID terrorchi guruhiga qarshi kurash olib bormayotgani, balki boshqa ishlar bilan bandligini bildirib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Suriya va Rossiya qo‘shinlari IShID jangarilarini mamlakat sharqiga ko‘chirish borasidagi kelishuvni ma’qullaganidan so‘ng koalitsiya vakillari bu ikki davlatning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha bayonotlari asossiz va bo‘sh ekanligini ta’kidladi.

“Koalitsiya Livanning ‘Hizbulloh’ va Suriya rejimining IShID bilan kelishiuvida tomon hisoblanmaydi. Rossiya hamda rejimni qo‘llab-quvvatlovchi kuchlarning IShIDga qarshi kurash borasidagi bayonotlari bo‘sh so‘zlardir, ular terrorchilar bilan kelishuvga kirib, o‘z nazorati ostidagi hududdan tranzit bilan o‘tishga ruxsat bermoqda”, — deyiladi koalitsiya bayonotida.

Muqaddam Suriya harbiylari “Hizbulloh” harakati bilan birga Livan chegarasidagi G‘arbiy Kalamun tumanidan IShID qoldiqlarini Suriya sharqiga olib chiqish bo‘yicha kelishuvni ma’qullagani ma’lum bo‘ldi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют