» » JARda ikkita begemot gnu antilopasini timsohdan qutqarib qoldi (video)

JARda ikkita begemot gnu antilopasini timsohdan qutqarib qoldi (video)


Janubiy Afrikaning Kryuger qo‘riqxonasida ikkita begemot timsohga hujum qilib, uning changalidagi gnu antilopasini qutqarib qoldi. Noodatiy hodisani qo‘riqxonaga sayohat uchun borgan 72 yoshli Mervin Van Vik tasvirga oldi. Video YouTube’dagi Kruger Sightings kanaliga joylangan.

Timsoh podadan qolib ketgan antilopaning orqa oyog‘idan tishlagan. Reptiliya sakkiz daqiqa davomida o‘z o‘ljasini suvga tortishga harakat qilgan. Shunda ikkita begemot antilopaga yordamga kelgan. Ular suvga tushib, sezdirmasdan timsohning orqa tomonidan kelgan va unga hujum qilib,  antilopani qo‘yib yuborishga majbur qilgan.

Videoning izohida qayd etilishicha, begemotlar antilopaga rahmi kelgani uchun bunday harakat qilmagan. Ular shunchaki timsohni payqamagan,  antilopa ularning hududiga kirib qolgani uchun uni quvib chiqarishga qaror qilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 05:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют