» » Yangi avlod Porsche Cayenne’ni taqdim etildi (foto)

Yangi avlod Porsche Cayenne’ni taqdim etildi (foto)


Germaniyaning Shtutgart shahrida uchinchi avlod Porsche Cayenne’ning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Yangi Cayenne radiatorning yangi panjarasiga va kattalashtirligan yoritgichlarga, shuningdek, dizaynerlik elementlariga ham ega bo‘ldi.

Bundan tashqari, krossover katta va kengroq bo‘ldi. Uning uzunligi 4918 millimetrni, eni esa 1983 millimetrni tashkil qiladi. Biroq uning vazni 65 kilogrammga kamaygan.

Avtomobil saloni qora va qaymoqrang charm bilan qoplangan va xromlangan qismlar bilan to‘ldirilgan.

Salondagi asosiy o‘zgarish ikkita displeyli uskunalar paneli va 12,3 dyumli multimedia ekrani bo‘ldi.

Avtomobil 2 litr sig‘imli 360 ot kuchiga ega V6 turbodvigateli bilan jihozlangan. Oddiy talqinning eng yuqori tezligi 245 km/soat, sport talqinida esa soatiga 265 kilometrni tashkil qiladi.

Yangi Porsche Cayenne 2018-yilning yozida sotuvga chiqariladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (31-08-2017, 08:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют