» » “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berildi

“Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berildi


Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali yakunlandi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Bu yil jahonning 58 davlati san’at ustalari “Sharq taronalari”da o‘z musiqa va qo‘shiqchilik an’analari, madaniyatini namoyish etdi. Festivalda bir necha nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari faxriy mehmon sifatida qatnashdi. Ular mazkur san’at bayramining turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, tinchlik va bag‘rikenglikni targ‘ib etishdagi roli va ahamiyatini, O‘zbekistonda ushbu xalqaro forumga har safar katta tayyorgarlik ko‘rilishi va tadbirlarning yuksak saviyada o‘tkazilishini alohida ta’kidladi.

30-avgust kuni Registon maydonidagi amfiteatrda festival ishtirokchilari va mehmonlar, yurtimiz madaniyat va san’at namoyandalari, jamoatchilik vakillari xalqaro musiqa anjumanining tantanali yopilish marosimiga jam bo‘ldi.

25-30-avgust kunlari dunyo san’at ahlining bosh sahnasiga aylangan Registondagi amfiteatrda “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, faol jamoalar qator nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. YuNESKO, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi, Samarqand viloyati va shahar hokimligi hamda boshqa tashkilotlarning maxsus mukofotlari topshirildi.

Sahnaga Eron, Indoneziya va Turkiyadan kelgan jamoalar taklif etildi. Ularga festivalning uchinchi darajali diplomlari topshirildi.

Ikkinchi o‘ringa Qirg‘iziston va Litvadan kelgan san’atkorlar sazovor bo‘ldi.

Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi hamda O‘zbekiston vakili Mohichehra Shomurodova birinchi o‘ringa munosib, deb topildi.

Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, “Sharq taronalari” XI xalqaro musiqa festivalining bosh sovrini – Gran-pri Ozarbayjon vakiliga berilgani ma’lum qilindi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют