» » Atambayev: Qirg‘izistonda prezident saylovi natijalarini obro‘sizlantirishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishmoqda

Atambayev: Qirg‘izistonda prezident saylovi natijalarini obro‘sizlantirishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishmoqda


Prezidentlikka prezidentparast Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasidan nomzodni obro‘sizlantirish bo‘yicha kampaniya va jamoatchilik-siyosiy vaziyatni qo‘zg‘atishga urinishlar respublikada saylovdan ancha oldin boshlandi. Bu haqda 31-avgust, payshanba kuni Qirg‘iziston Mustaqillik kunini nishonlash chog‘ida mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

QSDP nomzodiga qarshi qochoq prezidentlar, oligarxlar va korrupsionerlar o‘z telekanallari va OAVlar orqali surbetlik va ifloslik bilan isqirt texnologiyalarni qo‘llamoqchi bo‘lyapti”, — dedi u. Xususan, turli mish-mishlar va gap-so‘zlar tarqatmoqda.

“Biroq eng xavflisi, saylov natijalarini obro‘sizlantirishga oldindan tayyorgarlik ko‘rishmoqda, xo‘jayinlari ma’lum bir shaxslar bo‘lgan OAVlar ma’muriy resurs qo‘llanilishi haqidagi mish-mishlarni ko‘pirtirmoqda. QSDP vakili g‘alaba qozongan taqdirda tartibsizliklarni uyushtirish mavzusi muhokama qilinmoqda”, — dedi Atambayev.

Ammo u bunday urinishlarga shafqatsizlik bilan nuqta qo‘ymoqchi. “Vakolatlarim davom etadigan 1-dekabrgacha men bunday urinishlarga shafqatsizlik bilan nuqta qo‘yishga va tashkilotchilarni shafqatsiz jazolashga ulguraman”, — deya ogohlantirdi davlat rahbari.

Qirg‘izistonda prezident saylovlari 15-oktabrda bo‘lib o‘tadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют