» » Isroil statistika byurosi musulmonlar sonini va ularning xarajatlarini hisoblab chiqdi

Isroil statistika byurosi musulmonlar sonini va ularning xarajatlarini hisoblab chiqdi


Qurbon hayiti arafasida Isroil Markaziy statistika byurosi mamlakatning musulmonlar sektori bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi, deb yozadi “9TV”.

Ularga ko‘ra, 2016-yilda Isroilda yashaydigan musulmonlar soni 1 million 534 kishini tashkil qilgan, mamlakatning musulmon aholisi ulushi esa 17,7 foizga teng bo‘lgan.

Yil davomida isroillik musulmonlar soni 36 ming kishiga, ya’ni 2,4 foizga ko‘paygan.

Musulmonlarning eng ko‘p qismi — 320 mingga yaqini Quddusda yashaydi. Musulmon sektorida tug‘ilish koeffitsiyenti 3,29 ga teng.

Isroilning musulmon aholisi yosh: ularning taxminan 35 foizini (534,3 ming kishi) 14 yoshdan kichik bolalar va o‘smirlar tashkil etadi va 3,9 foizigina (59,8 ming kishi) 65 yoshdan katta kishilardir.

Musulmon oilalarda uy xo‘jaligini ta’minlash uchun xarajatlar 13 202 shekelga teng, bu yahudiylarning xarajatlaridan kamroqdir (15 930 shekel), Musulmon oilalar budjetining 23 foizi ovqatga, 19,7 foizi — uy-joyga sarflanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют