» » Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majumuida bo‘lib o‘tgan marosimda ishtirok etdi

Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majumuida bo‘lib o‘tgan marosimda ishtirok etdi


Bugun, 31-avgust kuni “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida Qatag‘on qurbonlari kuni munosabati bilan mazkur xiyobonda o‘zbek xalqining ozodligi va mustaqilligi yo‘lida qurbon bo‘lgan marhumlarni yod etish marosimi o‘tkazildi.  Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, deb xabar berdi O‘zA.

An’anaga ko‘ra osh tortildi. Qur’on tilovat qilinib, qatag‘on qurbonlari ruhiga hurmat bajo keltirildi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, ulamolar, mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.

Islom Karimovning 2001-yil 1-maydagi “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi barpo etilgan edi.

Muzey 2002-yil 31-avgust kuni – mamlakatda ilk bor nishonlangan Qatag‘on qurbonlarini yod etish kunida tantanali ravishda ochilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muzey eksponatlari bilan tanishdi.

“Ajdodlarimizning Vatan tinchligi va ozodligi yo‘lidagi kurashi bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabidir… Har bir viloyatda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining filiallarini tashkil qilishimiz kerak. Ular universitet va institutlar qoshida tashkil etilsa, ayni muddao bo‘ladi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi bo‘yicha maktab darsliklarida maxsus dastur asosida o‘qitish tizimini ham ishlab chiqish zarur”, — dedi mamlakat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev muzey yonidan oqib o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali atrofini yanada obodonlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

“Bu yerdagi muhit ijodkorlar uchun ilhom manbaidir. Shuning uchun Bo‘zsuv kanali atrofida turli tadbirlar – maqom kechalari, yoshlar, nuroniylar va ziyolilarning uchrashuvlarini uyushtirish maqsadga muvofiq”, — dedi Prezident.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (31-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют