» » Toshkentdagi Inha universiteti professorlari India Excellence Summit 2017 mukofotini qo‘lga kiritdi

Toshkentdagi Inha universiteti professorlari India Excellence Summit 2017 mukofotini qo‘lga kiritdi


Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) professorlari Ashish Set va Kirti Set India Excellence Summit 2017 mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Inha universitetining matbuot xizmati xabar berdi.

India Excellence Summit o‘zlari mehnat qilayotgan sohaning rivojiga hissa qo‘shayotgan o‘quv yurtlari, akademiklar, tadbirkorlar, yosh professorlar va servis tashkilotlarini aniqlashga qaratilgan.

Doktor Ashish Set hamda doktor Kirti Set “Ta’lim” yo‘nalishidagi “Eng istiqbolli pedagog” va “Eng istiqbolli ayol-pedagog” nominatsiyasidagi mukofot sohiblariga aylanishdi. Mazkur kategoriyada 130 nafardan ortiq nomzodlar qatnashgan edi.

Ashish Set va Kirti Set mazkur mukofot bilan yuqori malakali talabalarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun taqdirlanishdi.

Men professorlarimiz Ashish Set va Kirti Setlarni bu mukofot bilan tabriklayman. Mazkur mukofotlar bizning oliy o‘quv yurtimizda berilayotgan ta’lim yuqori darajada ekanligining o‘ziga xos bir indikatoridir. Bizda ana shunday yuqori malakali professorlar ta’lim berishayotganligi hamda o‘z bilimlarini yoshlarimizga ulashayotganligi bilan faxrlanamiz.

Sarvar Boboxo‘jayev, IUT rektori

Doktor Ashish Set va doktor Kirti Set kompyuterlar fani sohasidagi professorlar hisoblanishadi. Ko‘p yillik ish tajribasiga ega. Toshkent shahridagi Inha universitetidagi o‘z faoliyatlarini 2016—2017-o‘quv yilidan boshlashgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 56) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют